Loyihani davvom ettiramiz!

O'z fikrlaringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tish kerak.

Fikrlar:

#7 DADO
2018-01-04 11:51:50
Knyaz Poo:
Yil taqdirlashi...
barcafans.asia sayti ochilganiga uncha ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada anchagina o‘sishga,ulg‘ayishga erisha oldi.
Tetapoya qadamlarini qo‘yishida ancha qiynalib qolgan bo‘lsada qiyinchiliklar ortda qolgani ham bor gap.
O‘z jamoasini yig‘ishga erisha olgan Sayt mutasaddilari aynan mana shu munosobat bilan bir qancha insonlarni taqdirlash marosimini o‘tkazib, ularga maxsus sovrinlarni topshirishdi.
Yil yakunlari bo‘yicha "Eng yaxshi admin, blogger va yuser" nominatsiyasi bilan birgalikda "Yil kashfiyoti" ham aniqlandi.
Saytning ochilishida va aynan mana shu mavqega yetishida ulkan hissa qo‘shgan Dadaxon o‘z raqiblariga hech qanday imkon qoldirmasdan "Eng yaxshi admin" bo‘lushga erishdi.
"Eng yaxshi yuser" esa albatta yil davomida o‘zining sermaxsulligi bilan ajralib turgan va "gol"(fikr)larni qalashtirib tashlagan Paolo(a)_Dybala bo‘lib chiqdi.
Yil kashfiyoti so‘zsiz hech kim kutmagan, tasavvuriga ham sig‘dira olmagan faol muxlisalarimizdan biri Dilfuzaxon bo‘ldilar, u kishining qiz bola bo‘la turib Futbolga va Barselonaga bo‘lgan qiziqishlari kamtarin tarzda bo‘lsada mukofotlanishga loyiq edi.
Endi asosiy maqsadga o‘tsam.
Eng yaxshi blogger nega aynan men (Knyaz), nima uchun axir aytarli ishlar qilmagandim ham.
O‘ylay-o‘ylay charchab ham qoldim. Munosib ekanmanmi bu nomga o‘zim uchun yo‘q, hech qanaqasaiga munosib emas edim. Aynan shu joyi go‘yo Oltin to‘p uchun kurashga o‘xshab ketib qoldi.
Aslida sovringa munosiblar bir chetda qolib nomi ulug‘ suprasi quruqlarga nasib qildi bu sovrin, nima ham derdim e‘tibor uchun tashakkur...
Yil yakunlari bo‘yicha bir qancha yuserlar saytning "faxriy kubokcha"si bilan taqdirlanishdi. Sayt ma‘muriyati nomidan shuni aytib o‘tishim joizki, ushbu sovrinni olishi kerak bo‘lgan bir qancha insonlar e‘tibordan chetda qolib ketdi,buni sayt ma‘sullari ham anglab turibdi. Ammo faraz qiling shu yil dehqonlar faqat kartoshka ekishdi deylik, bora-bora bozordan bir kilo piyozning puliga uch kilo kartoshka olsangiz bo‘ladigan bo‘lib qoladi.
Bu bilan nima demoqchiman har qanday mahsulot ham qadrli bo‘ladi, o‘z qadrini yo‘qotmasligi uchun esa uni asrab avaylash kerak.
Shunday ekan sayt uchun qo‘lidan keladigan ishlarni amalga oshirgan va faollikda ko‘pchilikdan ajralib turgan qadrdonlarim bizni avf etgaysiz. Sekin astalik bilan ushbu kubokchalarni ko‘paytirib o‘z egalariga topshirish maqsad qilingan,Shunday ekan ishlashda davom eting Futbolni seving futboldan zavq oling asosiysi mana shu...

Eski hammom,Eski tos...

Ba‘zi bir insonlar borki ular o‘ziga yaqin deb hisoblagan insonlaridan uzoqlashishni juda yomon ko‘rishadi, aynan shu insonlarning ko‘magiga,daldasiga muhtojlik sezishadi.
barcafans.asia sayti ham bugungi kunga kelib bir inson rolini bajarib beryapti degan xulosani ilgari suradigan bo‘lsak saytimiz muhtojlik sezayotgan insonlar ham yo‘q emas. Intervyu plish bahonasida Dadaxon(Administrator) bilan suhbatlashar ekanmiz. Qo‘qqisdan xayolimga bir savol kelib qoldi. Dadodan aynan qaysi eski yuserlar sizga yetishmayapti ulardan 3 tasining nomini ayting deb so‘raganimda hech ajratib ko‘rsatolmadilar. Sababini esa bunday insonlar juda ko‘payib ketayotganligini qaysidir ma‘noda virtual olamdan uzoqlashayotgan qadrdonlar soni oshib borayotganini ta‘kidladilar.
Kuydirgi gazetasi esa ana shunday insonlarning eng mashxur bo‘lgan bir qancha nomlarini keltirib o‘tishga va ulardan 3 tasi haqida to‘xtalishga qaror qildi.
Bizning nazdimizda Voldemort_10,Hamidboy,
Jojo,Gospadin_Fcb, Marufjon va Marko_Reus kabi eski yuserlarning saytga bo‘lgan tashrifi ancha foydali bo‘lishi mumkin. Shu sababli ham gazetamiz ular bilan aloqaga chiqishga va nima uchun yo‘qolib qolishayotganiga oydinlik kiritish maqsadida suhbat qurishga harakat qilib ko‘rdi.Bir necha kun oldin saytda ko‘zim tushib qolgan uchta mashxurlarimizning bir paytda saytga kelishi-yu yan bir paytda yo‘qolib qolishi aynan ushbu insonlarga bo‘lgan qiziqishimni ortirib yuborib, suhbatni shulardan boshlashga qaror qildim.
Oldingi sonlarimizda har qancha ular haqida yozishga harakat qilmaylik doimo agar gazetada o‘zlari haqida ma‘lumot o‘qiguday bo‘lsalar Arbitraj sudida javob berishimiz bilan tahdid qilib keladigan Marko_Reus janoblari ya‘ni Ayubxon aka bu safar negadir qarshilik bildirishni ham istamadilar.
Savollarimizga esa birma-bir javob berishga harakat qilib albatta saytga qaytishlarini har bir gaplarida qayta-qayta takrorlashni kanda qilmay keldilar.
Nega saytga kam kirasiz deganimizda biroz jimlikdan so‘ng " Inson shaxsiy hayoti har qanday holatda ham birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak, Virtual olamga bog‘lanib qolib farzandlar tarbiyasi, oila muammolarini unutib qo‘yish yaramaydi. Qolaversa ish joyimni kengaytirib ikki joyda faoliyat olib boryapman. Buning ham o‘ziga yarasha qiyinchilik va mashaqqatlari bor ekan. Uydan ishga shoshilasan ishlarni joy-joyiga qo‘ydim deb endi damo olib bir saytlarga kiraman deganingda tun kirib kelgan sen esa oilang davrasiga talpinganingni his etasan.
Men saytni butunlay tark etganim yo‘q kimlardir mendan ranjigan bo‘lishi ham mumkin ularga meni uzrimni yetkazib qo‘yasizlar. Yana bir gap Maestro albatta qaytadi. Hali juda ko‘plab suhbatlar quramiz faqat hozir biroz muddatga bizni ham tushinishga harakat qilishingizni iltimos qilaman. Gazetaga va saytga bizni yo‘qlab turgani uchun rahmat hammangizdan minnatdorman ishingizga omad tilayman" degan ajoyib fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shunisi ham aniqki biz ularga ortiqcha savol berishimiz nojoiz edi.
Chunki Ayubxon aka gapirgan har bir so‘zda ulkan haqiqat mujassam bo‘lgandi. Balkim biz yuritayotgan gazeta, sayt muhim ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkindir biroq biz shuni unutmasligimiz kerakki bular hech qachon, hech bir insonning shaxsiy hayotidan ustun bo‘la olmaydi.
Ayubxon aka bilan bo‘lgan jiddiy suhbatni yakunlar ekanman yaqindagina talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan do‘stimiz Marufjon bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilib ko‘rdim.
Afsuski bugungi kunda o‘qishda bo‘lganliklari va Usell kompaniyasidan voz kechganliklari sababli ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatning iloji topilmadi.
Shu sababli ham o‘zimizning maxfiylar yordamida Marufjon bilan suhbatlasha oldik.
Hozirgi kunda saytda Administrator lavozimida bo‘lishiga qaramay yangi jamoaga ko‘nikib keta olmayotgani, negadir hafsala qilib saytga kirolmayotganini, yan o‘zida qandaydir erinchoqlik paydo bo‘lgani haqida vajlar to‘qiy boshladi.
Maxfiylarimiz bergan xabarga qaraganda aslida hamma gap o‘qishda, Marufjonning o‘qishga berilib ketganida emas balki ayni shu o‘qish maskanida Malikalarning ko‘pligi va yangidan y

angi malikalar bilan bo‘lgan tanishuvlar sabab bo‘lyapti.
Maxfiylarimiz olib borgan bir necha kunli kuzatuvdan so‘ng bir narsa aniq bo‘ldiki Marufjon ham "Prav"lar tomonidan zabt etilibdi. Buni qarangki bir yoki ikki emas balki bir nechta malikalar bilan andarmon bo‘layotgan Marufjon bilan telefonda aloqaga chiqishga harakat qilgan bo‘lsangiz ham doimiy ravishda "ojidaniy"ga tushib qolishning siri ham aynan mana shunda ekani oydinlashib qoldi.
Balkim eski "Mafiya"ning qaysidir ma‘noda taqab ketganligi ham Marufjonga ta‘sir qilgan bo‘lishi va ular "lirik chekinish" qilgan bo‘lishlari mumkin.
Yangi ijodlar ham chakki emasligi aniq axir qachon malikalar bilan yomon bo‘lgan o‘zi axir ular doimo "prav" bo‘lishadi.
Marufjon ham qaytib qolar endi oxirgi inson haqida yozishimiz kerak, nimalardir qoralashimiz shart. Qora insonlar haqida "qoralash" ham qiyin bo‘larkan aslida saytda bir ikki ko‘rinish berib turayotgan Jojoba(Javohir)ning so‘nggi tashrifidan so‘ng ular bilan bog‘lanishni sira-sira iloji bo‘lmadi.
Kimgadir yoqar Lola
Kim atirgul shaydosi
Men uchun Rayhon a‘lo
Yo‘qdir uning bahosi degandi mashoyixlardan biri, Javohir ham xuddi shu inson aytganidek zog‘chaga o‘xshab goh u shoxga goh bu shoxga qo‘nishga harakat qiladiganlardan. So‘nggi tashrif chog‘ida ham ayon bo‘ldiki barchasi eski holicha qolib ketgan Eski hammom, eski tos deganlariday o‘z manziliga yo‘llangan so‘zlarni chetlab,ularga chap berib faqat va faqat Malikalar bilan andarmon bo‘lishga o‘rganib qolgan "Pogbavoy" bu safar ham o‘z ananasini dabom etirib berdi.
Ular haqida yozar ekansan faqatgina "qoralash" haqida o‘ylab qolasan kishi.
"Yaramas" har doim o‘z ishini do‘ndirib ham keladi bir qaraganda hasad qilging kelib ketadi. Balkim Malikalardan ortib qolgan ikki uch daqiqa vaqtni bizga bo‘lishga bo‘lgan ishtiyoq paydo bo‘ladigan bo‘lsa eslatib o‘tamiz biz o‘sha eski to‘rtta nol bitta bir raqamidamiz, ungacha esa hech nima o‘zgarmasligiga ishonchimiz komil hammasi o‘z holicha qoladi, Malikalar baribiram "Prav"... Eski hammom,eski tos....

P/s: Negadir mana shu P/sni yozayotgan paytimda qandaydir o‘zgacha xislar qamrab oladi. Shu p/sni o‘ylab topgan insonga tasannolar aytgim keladi. Aslida p/s nimaligini bilmasamda har gal mana shusiz yakunlamaslikga harakat qilaman. Bu safar nima desam bo‘ladi. Hech nima demayman. Shunchaki eski 2017-yilda amalga oshmay qolgan orzularninv ro‘yobi yangi yilda bo‘lishiga tilakdoshman. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin qadrdonlar...

Hurmat va ehtirom ila
Knyaz Poo va Dadaxon(sirli nik)
#6 DADO
2018-01-04 11:44:28
Knyaz Poo:
Yumorga yo‘g‘rilgan futbol...

Aytishlariga qaraganda Real Madrid klubi prezidenti Florentina Peres Qirollik klubining asosiy figuralari BBC uchligini qishki transfer chog‘ida qo‘yib yuborish niyatida.Maxalla faollarining ta‘kidlashicha janob Peres ularning o‘rnini Barselona futbolchisi Paulinyo bilan yopmoqchi emish.
Ammo Benzema va Beyl bunga qarshi chiqmoqda...
Afsonaviy Crisstiano esa to‘purarlar ro‘yxatini boshqarish niyati borligi uchun ham bu taklifga qarshi emas. U Messidan "paslar" qabul qilishni istayapdi.....


Lionel Messi Barselona klubi bilan shartnoma imzolamaslikga qaror qildi.
Uning agenti bergan ma‘lumotlarga tayangan holda shuni aytish mumkinki keyingi mavsumni "qirol" Dunyoda nom qozongan" Superklub ''Paxtakor" safida o‘tkazishi mumkin.
Sherlar Messining tovon pulini to‘labgina qolmay unga uzluksiz g‘alabalar va‘da qilishmoqda...

Real madrid murabbiyi Zinedin Zidan boshiga soch ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini o‘tkazish arafasida, shu sababli klub rahbariyatidan qishki transferlar vaqtida jamoaga David Luiz va Fellainini olib kelinishini so‘ragan...

Barselona forvardi Luis Suares nega kam gol urayotganiga janob Valverde izoh berib o‘tdi. Uning aytishicha Luisning goleadorlik qobilyatiga "inson qoni" kuchli ta‘sir o‘tkazar emish.
Shu sababli klub mutasaddilari Luisga keyingi o‘yinlarda "tishlashga" ruxsat berish uchun Fifaga murojaat yo‘llagan. Bundan xabar topgan Ivanovich futbolni tark etgan, Jorjio Kellini esa Urugvay bilan to‘qnash kelmaslik uchun Italyani mundialdan olib qolish yo‘lida qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirdi...

Psj klubi hujumchilari Neymar va Kavani o‘yin paytida hakamga qayta qayta paslar beravergach Emerining jahli chiqib shunday dedi:
Axmoqlar nima uchun faqat hakam bilan o‘ynayapsanlar...
Javob ham kuttirmadi...
Axir ustoz o‘yindan oldin o‘zingiz aytingiz-ku "qo‘rqmasdan o‘ynanglar hakam o‘zimizdan deb"...


Paxtakor klubining asosiy darvozaboni Aleksandr Lobanov Anglyaning Manchester Yunayted klubiga o‘tadigan bo‘ldi.
"Qizil iblislar"ga ustozlik qilayotgan Joze Mourinyo futbolchilarning to‘g‘ri ovqatlanishini ta‘minlash maqsadida yaxshi bir oshpaz talab qilgan va bu joyga Lobanovdan boshqa yaxshiroq nomzod topilmagan.
Shartnoma umrbodga mo‘ljallangan deya taxmin qilinmoqda...


Barselona futbolchisi Andre Gomesh dunyoga mashxur "Taxta-2017" g‘olibiga aylandi. U bu sovrinni yutish yo‘lida ancha tajribali sanalgan Karim Benzemani va Italya termasining Jchga bormasligiga ulkan hissa qo‘shgan janob Venturani ortda qoldirdi...


Ibragimovich termadagi faoliyatini qayta tiklash va Rossiyada bo‘ladigan mundialda qatnashish niyatida...
U Buffondek buyuk o‘yinchi yo‘qligidan foydalanib qolmoqchi va barchani o‘ziga qaratish ilinjida. Haqiqatdan ham mundialda qatnashadigan futbolchilar orasida Buffon yo‘q ekan, demak Mundialda Afsonalar qolmadi hisob...

Janob "Amerika"...
Taqdir hazilini qarang bir necha hafta oldin internetda ajoyib film treyleriga ko‘zim tushdiyu ko‘rmaganim bois "skachat" yozuvining ustiga bosib yubordim.
Xayolda ham yo‘q bir payt deng sms kelib qoldi.
"Ta‘rif rejasidagi trafikdan foydalanib bo‘ldingiz"...
Shu kompaniyadagilar ham bor bo‘lishsinda ayni qizigan paytidaya xu-xu-xursand qilishdi zang‘arlar.
Ha mayli dedimda ilojini qilib filmni oldim.
Qiziq ekan rostdan ham.
Shu filmni ko‘rish asnosida internetni o‘chirishni unutibman telegrammdagi gruppalardan biriga xabar keldi.
Kirib bir kinoni maqtamoqchi o‘zimcha gerdaymoqchi bo‘ldim.
"Janob Amerika" filmini olganim sababli yozolmayotganimni aytsam Dibala bilan Pirlo (Ulug‘bek bilan Behzod) rosa kulishdi. Aka unaqa kino yo‘q deb, har qancha urinmayin bunga ishonishmadi.
Shu pallada saytga tashrif buyurdik,suhbat avjida ekani qo‘l kelib hammaga Janob Amerika haqida so‘z ochdim.
Saytdagilaram xu-xu-xursand qilishdi odamni...
"Ukam bunaqa kinoni o‘zi yo‘q bir telegrammdan tashlachi mazza qilaylik deydi". Vey meni kim deb o‘ylayapsilar dedim,jahlim chiqdi. Googlega kirdimda "Janob Amerika'' filmni qidirib ko‘rdim la‘nati internet ham shu paytda pand berib xayolga sig‘maydiga suratlarni chiqarib tashladi,suratlarni ko‘rib chinakamiga xursand bo‘ldim.
Majbur o‘sh tunni bedor o‘tkazdim ammo xuddi atay uyushtirilgandek hech kim "Janob Amerika" filmini ko‘rganimga ishonmas qandaydir men bilan ehtiyotroq bo‘lib gaplashishni boshlashdi.
Ertaga ko‘rasanlar hammang tong otsin bozordan borib diskini olamanda rasmini hammanga jo‘nataman afsuslanasanlar.
Tong ham otdi. Aytganimdek bozorga tushdim, juda odam ko‘p bir diskfurushning oldiga bordim "aka sizda Janob Amerika bor-mi?" Savdogar odam kamayganda kelishimni yoki to shungacha sabr qilishimni so‘radida ko‘z qisib qo‘ydi.
Hayronman men senga ketvorgan qizmidim-ki ko‘z qisasan undan ko‘ra savdoyingni qil.
Ha mayli hazilkashroq bo‘lsa kerak deya indamadim.
Aytganidek oradan chamasi 20-minut vaqt o‘tib do‘konda men va sotuvchi qolgandik.
Aka ana endi gapiring hali aytganizda qizlar bor edi, shunga ozgina xijolat bo‘lmang deb aytgandim.
Nima deyapti, bu yaramas nega qizlardan xijolat bo‘lishim kerak "shimim yirtilibdimi" degan bema‘ni xayol ham kelib ust-boshimga qarab oldim,hammasi joyida-ku.
Ko‘z qisishi-yu, almoyi-aljoyi gaplaridan sotuvchi "akaxonim" ham xu-xu-xursand qiladiganga o‘xshab qoldi.
Aka siz aytgandek "kinosi" yo‘g‘u lekin qisqaroqlari bor dedi. E yo‘q men treylerni ko‘rganman shartmas desam. Aka bular yangilari "vashshe daxshat".
O‘ylanib qoldim jinni bo‘lsa kerak bu odam bitta kinoga buncha treyler nega kerak ekan.
E boreeee dedimu chiqib ketdim. Orqamdan hay-haylab qoldi bechora "telba savdogar"...
Uyga kelib telefonni qo‘lga oldimu videolarni qirqadigan programma orqali erinmay kinoni bo‘laklarga bo‘lib chiqa boshladim,shunda telegrammga joylash oson bo‘ladi, shunda ham ishonmay ko‘rishsinchi.
Buni qarangki naqd 93-ta video tayyorlabman erinmagan banda.
Keyin sekin videolarni ko‘ra boshladim. Ilk videodanoq peshanamga mushtladim.
"Marvel" kinokompaniya mahsuloti, "Kapitan Amerika" filmi...
Kapitan so‘zini Janob deya aytib yuborganim sababli ikki kun judaaaa xursand bo‘lib yuribman.
Lekin hech tushunolmadim nega mening gaplarimga kulishganini...
Birdan Googleda ko‘rganlarim yodimga tushdi. Ammo internetga kirishning ilojini topolmadim. Mblar "oqib" ketgandi. Nasib qilsa oy boshida Mblarim ko‘paysa aniq ''Janob Amerika" filmini "skachat" qilib nega kulishganini bilib olaman.
O‘shanda balki "telba savdogar"ning jon kuydirib maqtagan videolarini ko‘rarman, balki o‘zimni-o‘zim xursand ham qilarman. Nima bo‘lgan taqdirda ham "Janob Amerika"ni albatta ko‘raman,albatta...
#5 DADO
2018-01-04 11:42:45
Knyaz Poo:
*Malikalar doim "prav"*
Eng avvalida aynan ushbu so‘zlar bilan boshlamoqchiman. "Kuning shu mavzuga qoldimi","qizlarni ham tinch qo‘yma" deyayotgan bo‘lishingiz mumkin.
Lekin aynan Kuydirgini yozishni boshlaganimda yaqin tanishlarimdan birining yordami orqali "Sirli muxbir-Anthrax" bilan aloqaga chiqishga harakat qilib ko‘rdik.
Natija yomon bo‘lmadi eski tanishlarni ovozi "allo" deganidanoq boshqacharoq jaranglab ketarkan.
Ammo chuchvarani xom sanab qo‘ygan ekanmiz, Anthrax uni Kuydirgidan bezovta qilayotganimizni bilib "iltimos tinchgina yurishga qo‘yinglar, mafiyangdanam,Knyazingdanam, boshqasidanam qo‘rqmayman yana aytib qo‘yinglar Malikalar doimo prav" dedi-yu xafsalamizni pir qilgan uzuq-yuluq gudoklar eshitildi.
Shundan so‘ng o‘zim ko‘p bora ular bilan bog‘lanishga harakat qildim. Afsuski faqatgina telefon kompaniyasida ishlaydigan qizning shirali ovozinigini eshita oldim xolos. Ha bu qiz ham pravlardan unga qarshi chiqolmayman dedim-u boshqacha yo‘lga o‘tdim.
Anthrax eski maxfiy sheriglarimizni taniganligi bois yangi maxfiy manbani qidirib topdim va Janob Anthraxning ish joyini kuzatuv ostiga oldim.
Eshitgan yangiligim esa meni butunlay karaxt holatga solib qo‘yayozdi.
Anthrax ertalab bir qizni bekatda kutib turar, u bilan ishga borar, tushlikni ham u bilan o‘tkazar ekan.
Hatto dam olish kunlari Yapon bog‘gamiyey, Botanika bog‘igamiyey borisharkan.
Ba‘zi kunlarda ishdan keyin kinoga tushishar,faqat va faqat kino tomosha qilisharkan.
Noiloj maxfiy insonimdan o‘sha qizning suratini jo‘natishni iltimos qildim. Surat qo‘limga tushgandan so‘ng esa hayratim tobora kuchayib borardi,qayta-qayta tikilarkanman o‘zimga-o‘zim pichirlab qo‘ydim.
MALIKALAR HAQIQATDAN HAM PRAV ekan.
Qo‘limda esa o‘zimizda ishlagan va raqiblarimiz bo‘lmish "Futbol vaqti" gazetasining agenti ekani aniqlangan "Lampashisha"ning Anthrax bilan "parichka"lardek ketayotgan quvnoqqina surati turardi.
Xax Lampashishaya...

Buyuklikning "Buyuk" ko‘rinishi...

Kuni kecha do‘stlarim bilan futbol to‘g‘risida baxsalshib qoldik. 7-8-kishidan ba‘zilari Messini ko‘klarga ko‘tarsa, ba‘zilari Ronalduni alqashdan nariga o‘tmasdi.
Eng qizig‘i, ularning hech biri futbolga muxlislik qilmaydi. Ular uchun Ronaldu va Messi, Real va Barselonadan boshqasi qiziq emas. Balkim bu ham to‘g‘ridir axir so‘nggi 10-yillik aynan ushbu 4 ta nom bilan bevosita bog‘liq bo‘lib ulgurdi.
Shu suhbatdan bir kun o‘tib Realning, yana oz muddatdan so‘ng esa Barsaning o‘yinini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim.
Yuventus bilan bo‘lgan baxsda birgina jihat o‘ziga tortdi. Juda ham shoshildim o‘sha "chala muxlislar"ga ushbu onlarni ko‘rsatishni juda-juda xohladim.
Messi va Ronalduni Qirol deysiz, mayli bunga ham roziman ular Qirol bo‘lsa bo‘lishsin bemalol lekin Futbol atalmish mamlakatni ko‘proq "Buyuk"lar boshqarishadi. Muxlislar atalmish xalq Qirollardan ko‘ra Buyuklarni ustun bilishadi. Lekin bizda buning mutlaqo teskarisi...
Savolim bor sizga nega Sardor, Odil yoki Serverni emas Vitaliyni ko‘proq yoqtirasiz?
Javobingizni aytmasligingiz ham mumkin chunki hozir eng buyuk o‘zbek futbolchisi aynan Vitalik ekanini o‘zingiz ham yaxshi anglab turibsiz.

Yuve va Barsa baxsiga qayta qolaylik...
Men sizga eslatgan lahzani o‘ylay-o‘ylay sochlaringizni oqartirib yubormang tag‘in.
Kimlardir anglab ham ulgurdi. Maestro maydonni tark etar chog‘i butun Italya go‘yo unga hurmat bag‘ishlab kuzatib qo‘ydi. Hushtaklar bilan siylamadi shunchaki Butun dunyoning erkatoyini "erkalab" kuzatdi.
Ha Andreas Iniesta xuddi shunday Buyuk futbolchi bo‘lib yetisha oldi, ko‘p gollar urmadi, ko‘p fintlar qilmadi. SHUNCHAKI BUYUK FUTBOLCHI BO‘LA OLDI.
Siz qirol deb ataydiganingiz chinakamiga "xudbin" futbolchilar hisoblanadi.
Bilaman bu so‘zlarim be‘manidek tuyulishi mumkin ammo eng avvalo anglab oling...
Qirol kim, Buyuklar kimlar...
Shunda futbolning jozibasini ochiqroq ko‘ra olasiz....

Fayzi qolmayotgan mundial...

Insonlar shunday mavjudotki ular nimanidir jonidan ortiq sevadi, ammo shu suyukli boshqa birovning "asabiga tegishi" ham mumkin.
Biroq shunday nimarsalar borki ularni hamma birdek yoqtiradi, hamma birdek seva oladi. Keling oddiy misol bilan tushuntirib o‘taman, oddiygina muzqaymoqni olaylik aslida ko‘pgina kasalliklarni keltirib chiqaradigan ayoz boboning yeguligini yoqtirmaydigan, yeyishni xohlamaydiganlar milliontadan bitta chiqib qolsa ham ajablanmayman.
Xo‘sh, aslida bularni nega yozdim.
Kuni kecha Ibrakadabrasiz qolgan Shvetsiya qahramonlik namoyish etib mundialga chiptalarni naqd qilib qo‘ydi. Odamzod borki kuchsiz ko‘rinib keyinchalik "geroy"ga aylanganlarni doim qo‘llab quvvatlaydi,ularni ko‘klarga ko‘taradi. Masalan son jihatdan so‘nggi Yevro o‘yinlarida Islandiyani alqamagan futbol muxlisi kamdan-kam topilsa kerak. Lekin, Shvetsiya bunday qahramonlikni namoyish etib ham ko‘pchilikdan "dakki" eshitdi. Sabab esa bitta raqib kimsan ITALIYA termasi edi, raqib BUFFON edi.
Futbolga qiziqishni boshlabmanki Italya qachon bo‘lsa ham o‘ziga jalb qila oladigan, har qanday o‘yinda ham o‘ziga qiziqtiradigan kam sonli termalardin biri bo‘lib kelgan. Uning ashaddiy muxlislari bo‘lmagan, uni boshqalardan ajratib yonini olishmagan, u sabab tortishuvlar bo‘lmagan sababi Italya termasi hamma uchun "yoqimtoy"ga aylanib ulgurgandi.Bu termaga qarshi chiqadiganlar go‘yoki "anqoni urug‘i" kabi yo‘qolib qolgandek bo‘lardi. To‘g‘ri shvedlar qahramonlik ko‘rsatishdi Ibrasi bor terma ikki bor uddalolmagan ishni usiz ilk urinishdayoq missiya bajarildi. Lekin Ibra bormas ekan hech bo‘lmaganda Buffon borishi kerak edi.
Tasavvur qilolmayapman, Esimni tanib ulguribmanki Har jahon Chempionatida Buffonning nigohlariga to‘qnash kelaman, qaysidir Yirik musobaqa finalida yoki quvonch ko‘z yoshlari, yoki alamli nigohlari bilan barchani larzaga solardi bizning Jiji. Afsus bu gal u o‘zini tiyib turolmadi, butunlay termani tark etyapti, shunisi aniqki Buffon bunday "haydalish"ga loyiq emasdi.
Kundan-kunga Mundialni fayzi yo‘qolib boryapti.
O‘zebikston termasining chetda qolishi, Chili va Sanches, Robben va Gollandiya, Beyl va Uels,
Buffon va Butun boshli Italya futboli
Ishqilib oxiri baxayr bo‘lsin. "Payzimizni bersa bo‘lgani"))
#4 DADO
2018-01-04 11:38:57
Knyaz Poo:
Dadam bilan "Muzlik davri" multfilmini ko‘rar ekanmiz u kishi meni negadir yalqov "Siit"ga qiyoslab o‘tgandilar. O‘ylanib qoldim nahotki shu darajada dangasalashib ketgan bo‘lsam.
Hayotda o‘z yo‘limdan yurishga harakat qilar ekanman doimo hazillar qilishga kimnidir kulgusiga sabab bo‘lishga harakat qilib kelaman.
Balkim kimlarningdir ko‘ngliga ozor berib qo‘ygan bo‘lishim ham mumkin. Lekin baribir dadamdan nega aynan yalqovga o‘xshatganlarini so‘ramasdan tura olmadim.
Javob esa o‘sha-o‘sha sirli "shunchaki o‘g‘lim u ham sen ham juda "ma‘noli" hazil qilasizlarda" dedilar.
Yangi yilingiz bilan azizlarim yangi yilda gazetamiz yana o‘z ishini boshlaydi. Gazetada qilinadigan hazillar,mish-mishlar va o‘xshatishlar faqatgina sizning ko‘nglingizni ko‘tarish maqsadida yoziladi, kimningdir me‘dasiga tegib qoladigan gaplarni o‘qib qolsangiz bizni ma‘zur tutgaysiz qadrdonlar.
Demak biz yana qaytyapmiz...
Gazetamizning obunachilari soni keskin kamayib ketganligi va gazeta chop etilmay qo‘yilganligi sababli gazetamiz o‘zining barcha homiylaridan yoppasiga "judo bo‘ldi", qolaversa bu ham yetmaganidek gazetamizda o‘z faoliyatini olib borishni istagan va tezda biz bilan bir jamoaga aylangan insonlar ham bizni tashlab ketdi.
Eng yomoni sizga tanish bo‘lib ulgurgan "yumshoqroq" qilib aytganda sizning erkatoyingizga aylangan Sirli muxbir "Anthrax" ham gazetamizdagi o‘rnini tashlab ketib qoldi.
manbalarimiz u kishining ketish sabablarini o‘rganib chiqdi. Qolaversa Iniestani jonidan ortiq sevuvchi "maestro" haqida ham o‘qishni istasangiz aynan ushbu son sizlarga shular haqida ma‘lumot beradi. Xullas batafsil ma‘lumot to‘rtta nol bitta bir raqamida...
2017-09-25 13:19:34
Баракалла Dado, касал буманг!
#2 Marco
2017-09-24 12:27:35
Фойдаланувчиларни янада фоаликка чорлайди деб ўйлайман. Чарчаманглар, омад.!
2017-09-23 20:15:57
Juda yaxshi bu loyiha saytda faollikni oshishiga katta turtki bòladi.
© Barcafans.asia - "Barselona" muxlislari sayti 2017-2019
Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar
Bo'limlar