"Oltin to‘p - 2019" sohibi Lionel Messi borasida qisqacha ma’lumot.
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi oltinchi bor "Oltin to‘p" sovrini qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatdi.
32 yoshli futbolchi 2019 yili "Barselona" va Argentina terma jamoasi safida umumiy 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol urishga erishdi va yana 17 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Bu har bir bellashuv uchun o‘rtacha 1,17 ochkoni hosil qiladi.
Bundan tashqari, Messi "Barselona" klubi bilan La Liga g‘olibiga aylandi va Argentina terma jamoasi safida Amerika Kubogining bronza medallarini qo‘lga kiritdi.